Web loyihalar · October 26, 2022

Mashhur MARIO o’yini endi o’zbek tilida

@Nursaidovuz jamoasi bolajonlarimizning har tomonlama qiziqishlarini, ehtiyojlarini o’rgangan holda, Matematika fanini 0 dan o’rgatuvchi O’ZBEKCHA MARIO o’yinini ishlab chiqmoqda.

Ushbu o’yin nafaqat miyani charxlash, o’yin o’ynash ehtiyojini qondirish, matematikani oson o’rgatishga mo’ljallangan bo’lib, bepul taqdim qilinishi ko’zda tutilgan.

O’ZBEKCHA MARIO o’yini juda ko’p bosqichlarni o’z ichiga olib, har bir bosqich murakkablashib boradi hamda sarguzashtlar olamiga sho’ng’ib boradi. Hozirda ushbu o’yinning 3-bosqichi ishlab chiqilib yakuniga yetkazilmoqda.

Eng quvonarli jihati ushbu o’yin barcha qurilmalar va operatsion tizimlar(Android, IOS, WEB, DESKTOP)da ishlashi ta’minlanishidadir.

Videoda 1-bosqichning oddiy ko’rinishini ko’rishingiz mumkin.