Motivatsiya · October 26, 2022

Insonni nima muvaffaqiyatli qilishini bilasizmi?

Uchta narsa sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. O’zingizni rivojlantirishda to’xtamasdan harakat qilish. O’zlikni anglash. Va ishlash. Juda ko’p ishlash. O’zingizni rivojlantiring. To’xtamasdan o’sishda, rivojlanishda davom eting. Unib-o’sishingizga yordam beruvchi odatlar toping. O’rganishingiz uchun ko’mak bo’ladigan qiziqishlar orttiring. O’zingizni rivojlantirishingiz hozir ayni turgan o’rningizdan boshlanadi. Rivojlanish ta’limdan boshlanadi. Shunday ekan, qanday qilib eng zo’ri bo’lishni, qanday qilib yetakchi bo’lishni o’rganing. Eng yaxshi olim bo’lib yetishing. O’zingiz bo’lishni istagan kasbda eng zo’ri bo’ling. Do’stlaringiz sizga bu yo’lda to’g’anoq bo’lishiga yo’l qo’ymang. Ular sizni chalg’itishiga izn bermang. O’z ustingizda ishlang. Ularga nima qo’lingizdan kelishini ko’rsatib qo’ying. Ularga o’zingizning boshqacha ekanligingizni ko’rsatib qo’ying. O’zingizni rivojlantiring, qattiq va uzoq o’qing, bu yo’lda qo’lingizdan keladigan barcha ishni qiling. Muvaffaqiyatli odamlar do’stlari orqasidan ergashish yoki ularni mamnun qilish uchun harakat qilish orqali o’z muvaffaqiyatiga erishmaganlar. Aksincha, ular yetakchi bo’lishgan.